Смотреть

LG rasmiy d’okonidan yangi yil mega o‘yin loyihasi

1. AKSIYANING NOMI

«LG rasmiy d’okonidan yangi yil mega o‘yin loyihasi”

2. AKSIYANI O‘TKAZISHHUDUDI

2.1 Aksiya, ushbu aksiyalarni o’tkazish Qoidalariga muvofiq, “NEXT” SKM hududida, quyidagi manzil bo’yicha o’tkaziladi: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko’chasi, 6

2.2 Ushbu Qoidalar aksiyaning o’tkazilish tartibi, shartlari, joyi va muddatlarini aniqlab beradi. Aksiyani o’tkazishning to’htatib turilishi yoki muddatidan oldin to’htatib qo’yilishi holatlarida aksiya Tashkilotchisi bu haqida rasman e`lon qilishi shart.

3. AKSIYADA ISHTIROK ETADIGAN DO’KONLAR/AKSIYA ISHTIROKCHILARINI RO’YHATGA OLISH SHAXOBCHALARI

3.1 Aksiya faqatgina “NEXT” SKM joylashgan LG rasmiy do’konida o’tkaziladi, manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko’chasi, 6.

4. AKSIYANI O‘TKAZISH MUDDATLARI

4.1 Aksiya 2017-yil 10-dekabrdan to 29-dekabrgacha o'tkaziladi. Sovrinning topshirilish marosimi 2018-yil 29-dekabr kuni bo'lib o'tadi.

5. AKSIYADA ISHTIROK ETADIGAN MAHSULOTLAR

5.1 Aksiyada LG rasmiy do’konida taqdim etilgan barcha maҳsulot va tovarlar ishtirok etadi (3.1 b)

6. AKSIYA ISHTIROKCHILARI

6.1 Aksiya tashkilotchilarini, shuningdek, do‘konlar xodimlarini, ulgurji xaridorlar va LG Electronics kompaniyasining vakillarini istisno etgan holda, aksiyada 18 yoshga yetgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Ushbu Aksiya doirasida ulgurji xaridorlar deb Aksiyada ishtirok etayotgan mahsulotdan 3 donadan ortiq xarid qilgan shaxslar hisoblanadi 18 ga kirmagan shaxslarga sovrinlar berilmaydi.

6.2 Aksiyada ishtirok etish aksiya Ishtirokchisining ushbu qoidalarga butunlay roziligini bildiradi.

6.3 Aksiyada ishtirok etishni hoxlagan shaxslar, joy va muddatlar bilan bog’liq bo‘lgan har qanday harakatlarni belgilangan tartibda bajarishlari shart.

6.4 Ishtirokchilar ushbu aksiyani o‘tkazish Qoidalariga amal qilmagan taqdirda sovrinlar berilmaydi. Tashkilotchi yoki uning vakili tomonidan sovrin qiymatining pulli ekvivalentini to‘lash, sovrinni qaytarish yoki almashtirish ishlari amalga oshirilmaydi.

6.5 Aksiya Ishtirokchisi sovrinni qo’lga kiritishi uchun, aksiyaning o‘tkazilish muddatlari mobaynida ushbu Qoidalar belgilab bergan barcha harakatlarni amalga oshirishi shart. Aksiyani o‘tkazish shartlariga rioya qilmaslik Ishtirokchining aksiyada ishtirok etishdan va sovrindan voz kechganini bildiradi. 

6.6 Aksiyani o‘tkazishning to‘htatib turilishi yoki muddatidan oldin to‘htatib qo‘yilishi aksiya Tashkilotchisini yoki uning mas’ul vakillarini habar berilgan sanada yutib olingan sovrinni taqdim qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.

6.7 Aksiya Tashkilotchisi aksiyani, sovrin berish va taqdim etish jarayonini, yoki  aksiyada  Ishtirok etish to`g`risida shartnoma tuzilgan aksiya Ishtirokchilariga nisbatan bajarishi lozim bo`lgan barcha zarur harakatlarni, qoidalarga mos ravishda, belgilangan joyda va vaqtda o’tkazishi shart.

6.8 Aksiya Tashkilotchisi va Ishtirokchisi orasidagi Shartnoma shaxs tomonidan aksiyada ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan Qoidalarda belgilab berilgan talablarga javob beradigan butun harakatlar ketma-ketligini amalga oshirilishi natijasida tuziladi. 

7. AKSIYA ISHTIROKCHISIGA AYLANISH UCHUN QUYIDAGILAR TALAB QILINADI:

7.1 Aksiyada ishtirok etayotgan do’konda bahosi 1 000 000 so’mdan kam bo’lmagan mahsulot xarid qilish (3.1 qarang);

7.2 O’z xaridini xarid qilingan joyda ro’yxatdan o’tkazish (o’zi bilan bog`lanish haqidagi ma’lumotni - F.I.Sh, telefon raqamini taqdim etish);

7.3 Promo – maslahatchidan aksiya ishtirokchisi kuponini olish.

7.4 Xarid qilingan tovar bahosi 1 000 000 so’mdan kam bo’lmagandaaksiya ishtirokchisiga bitta kupon, 2 000 000 so’m bo’lganda – 2 kupon, 3 000 000 so’m bo’lganda – 3 kupon, 4 000 000 so’m bo’lganda – 4 kupon, 5 000 000 so’m bo’lganda – 5 kupon taqdim etiladi.

7.5 Promo – maslahatchi kuponga muhr bosadi, shundan keyin aksiya ishtirokchisi kuponni o’zi bilan olib ketadi va uni sovrin o’ynaladigan kunga qadar - 2018 yil 29- dekabrgacha saqlashi lozim.

7.6 Sovrin o’ynaladigan kun aksiya ishtirokchilari “NEXT” SKM kelishlari lozim. Kuponning ikkita qismi ham o’zlarida bo’lishi kerak. 2018-yil 29-dekabr kuni 16:00 dan 17:00 gacha kesib olinadigan kuponning yarmini lototronga solish lozim.

8. AKSIYANING SOVRIN FONDI

8.1 Aksiyaning sovrin fondi Tashkilotchi hisobidan tashkil qilinadi. Aksiya Ishtirokchilaridan Aksiyada ishtirok etish uchun to‘lov talab qilinmaydi.

8.2 Aksiyaning sovrin jamg‘armasi – 1 dona rusumli LG non pishiradigan pech LG HB-3001BYT, 1 dona MW23R35GIH rusumli LG mikroto‘lqinli pech, 1 dona VK76A00NDR rusumli LG chang yutgich, 1 dona LG FH2G6ND2 rusumli LG kir yuvish mashinasi,

1 dona GL- GL-C396RLBN rusumli LG muzlatgich, 1 dona LG konditsioner P07SP

8.3 Sovrinlarning tashqi ko‘rinishi (rangi, rasmi, modeli) reklama tashuvchilardagi tasvirlardan farq qilishi mumkin.

9. SOVRINNI OLISH TARTIBI VA MUDDATI

9.1 Sovrin  2018 yil 29 dekabr kuni 17:00 “NEXT” SKM 1 qavatida o’ynaladi, mo’ljal LG Electronics reklama - axborot stendi.

9.2 Sovrin lotereya yo’li bilan o’ynaladi. Aksiyaning har bir ishtirokchisi kesib olinadigan kuponning bittasini o’zida qoldiradi, ikkinchisini lototronga soladi. Manfaatdor bo’lmagan shaxs tomonidan 5-ta kupon ishtirokchilar raqamlari bilan tanlab olinadi. Lototrondan kupon tanlab olinayotganda boshlovchi tomonidan ishtirokchilar raqamlari 3 marta e’lon qilinadi. Ishtirokchi boshlovchi oldiga chiqmaganda uning nomzodi o’yindan chiqariladi.

9.3 Kupon ishtirokchining yonida bo‘lishi va barcha aksiya ishtirokchilarining sovrinni o‘ynashda qatnashishi albatta bajarilishi kerak bo‘lgan shart hisoblanadi. O‘yinga kelmaslik ishtirokchining aksiyadan avtomatik tarzda chiqarilishi deb hisoblanadi.

9.4 Sovrinni ishtirokchiga topshirish bo‘yicha tashkilotchining majburiyati uni topshirgan va qabul qilish - topshirish dalolatnomasi imzolangan  paytdan boshlab bajarilgan deb hisoblanadi.

9.5 Ishtirokchi sovrinni butligini va ishga yaroqliligini bevosita uni olayotganda tekshirib olishi lozim. Sovrin aksiya ishtirokchilariga topshirilgandan keyin yuzaga kelgan sovrinning barcha nosozliklari uchun tashkilotchi ma’sul bo‘lmaydi.

10. UMUMIY HOLATLAR

10.1 Aksiyada ishtirok etish, Ishtirokchilarning aksiyani o‘tkazish shartlari va tartibi bilan to‘liq tanishganini va va rozi ekanligini tasdiqlaydi.

10.2 Aksiya Ishtirokchisi sovrinni olgan vaqtdan e’tiboran, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan, qabul qilingan sovrinlar solig‘ini to‘lashi shart.

10.3 Aksiya Tashkilotchisi sovrinlarning yangiligini kafolatlaydi. Sovrinlar o’z egalariga topshirilgan vaqtda soz holatda bo’lib, ulardan foydalanish maqsadiga ko`ra qo’llash uchun tayyor.

10.4 Aksiya Ishtirokchilari sovrinlarning pulli ekvivalentini, yutib olingan sovrin o‘rniga boshqa mahsulot yoki hizmat talab qilish huquqiga ega emaslar.

10.5 Aksiya Tashkilotchisi, aksiya o‘tkazishdagi belgilangan muddat nihoyasiga yetganida, ehtiyoj sezilmagan sovrinlarni o‘z ixtiyoriga ko’ra tasarrufida qoldirish huquqiga ega.

10.6 Aksiya Tashkilotchisi, aksiya Ishtirokchisi bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bahsli holatlardan tashqari, Ishtirokchi bilan yozma ravishda muzokara yoki boshqa turdagi aloqaga kirmaslik huquqiga ega.

10.7 Aksiya Tashkilotchisi, o‘z ixtiyoriga ko‘ra ushbu qoidalarga har qanday o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega. Buning uchun, Aksiya Tashkilotchisi, o‘zgartishlar kuchga kirishidan 3 ish kuni avval Qoidalarga oldindan o‘zgartishlar kiritgan holda, bu o‘zgartishlar haqidagi e’lonni o‘zining www.lgblog.uz saytiga joylashtirishii kerak. Tashkilotchi sovrinlarning ro’yxatini oz‘gartirish yoki kengaytirish huquqiga ega.

10.8 Aksiya Ishtirokchilarining aksiyada ishtirok etishlari, aksiya Tashkilotchisi tomonidan Ishtirokchilarning ismi-sharifi, rasmi va boshqa ma’lumotlarining reklama maqsadida ularning roziligisiz va ularga ma’lum moddiy to‘lov qilmagan holda ishlatilish huquqiga egaligini bildiradi.

11. ISHTIROKCHILARINI AKSIYANI O‘TKAZISH SHARTLARI TO’GRISIDA HABARDOR QILISH TARTIBI

11.1 Aksiya ishtirokchilarini aksiyani o’tkazish shartlari va uni o’tkazish tartibi haqida xabardorqilishFacebookijtimoiy tarmog`idareklamaga oid axborotnijoylashtirish vositasida amalga oshiriladi.

11.2 Aksiya hamda aksiyada ishtirok etish qoidalari haqidagi batafsil ma’lumot www.lgblog.uz saytida ko’rsatilgan.